Huquqiy ma’lumot

Maxfiylik siyosati

Qanday ma’lumotlarni yig‘ishimiz, ulardan nima uchun foydalanishimiz va ularni qanday himoya qilishimiz haqida.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 25-avgust

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 27-avgust.

1. Biz yig‘adigan ma’lumotlar

Hisob yaratish va xizmatdan foydalanishda ism, elektron pochta, foydalanuvchi nomi, shahar, profil rasmi, bio, e’lonlar, sharhlar, suhbatlar va platformadagi harakatlarga oid ma’lumotlar qayta ishlanishi mumkin. Kitob e’lonlariga yuklangan rasmlar va chat orqali yuborilgan fayllar ham xizmatni ko‘rsatish uchun saqlanadi.

Fikr yoki xatolik yuborilganda murojaat matni, ixtiyoriy email, skrinshot, sahifa manzili hamda brauzer haqidagi texnik ma’lumotlar saqlanishi mumkin.

2. Hisob yaratish va autentifikatsiya

Foydalanuvchi email va parol yoki Google kabi tashqi autentifikatsiya xizmati orqali hisob yaratishi mumkin. Google orqali kirilganda Google taqdim etgan identifikator, ism, elektron pochta va mavjud bo‘lsa profil rasmi olinadi. Tashqi xizmat orqali kirgan foydalanuvchi keyinchalik Bookholic hisobiga parol o‘rnatib, email va parol orqali ham kirishi mumkin.

Parollar Bookholic ilova bazasida ochiq matn ko‘rinishida saqlanmaydi. Ularni tekshirish va himoyalangan ko‘rinishda saqlash Supabase Auth orqali amalga oshiriladi. Bookholic xodimlari foydalanuvchining amaldagi parolini ko‘ra olmaydi.

3. Email tasdiqlash va parolni tiklash

Hisobni tasdiqlash, parolni tiklash va xavfsizlikka oid zarur xabarlarni yuborish uchun elektron pochta ishlatiladi. Xatlar Supabase Auth tomonidan yaratiladi va Brevo tranzaksion SMTP xizmati orqali yetkaziladi. Brevo yetkazib berish holati, vaqt, xatolik va email bilan bog‘liq zarur texnik loglarni qayta ishlashi mumkin.

Tasdiqlash kodi va parolni tiklash havolasi bir martalik hamda cheklangan muddat davomida amal qiladi. Yangi havola yoki kod so‘ralganda avvalgisi bekor bo‘lishi mumkin. Kod va havolalarni boshqa shaxslarga bermaslik kerak.

4. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadi

  • hisobni yaratish, tasdiqlash va foydalanuvchini tizimga kiritish;
  • e’lonlar, qidiruv, saqlangan kitoblar, so‘rovlar, suhbatlar va sharhlar ishlashini ta’minlash;
  • parolni tiklash va xizmatga oid zarur bildirishnomalarni yuborish;
  • xavfsizlikni ta’minlash, spam, firibgarlik va qoidabuzarliklarning oldini olish;
  • xizmat barqarorligi, unumdorligi va foydalanish qulayligini yaxshilash.

5. Ommaga ko‘rinadigan ma’lumotlar

Foydalanuvchi nomi, ism, profil rasmi, bio, shahar, e’lonlar, reyting va sharhlar boshqa foydalanuvchilarga yoki ochiq internetda, jumladan qidiruv tizimlarida ko‘rinishi mumkin. Shaxsiy, moliyaviy yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarni ochiq profil, e’lon va sharhlarga joylamang.

Shaxsiy dashboard, sozlamalar, saqlangan kitoblar va yopiq suhbatlar qidiruv tizimlari uchun indekslanmaydi.

6. Texnik xizmat ko‘rsatuvchilar

Platformaning ishlashi uchun ayrim ma’lumotlar quyidagi texnik xizmatlar tomonidan zarur doirada qayta ishlanishi mumkin:

  • Supabase — autentifikatsiya, ma’lumotlar bazasi va fayllarni saqlash;
  • Google — foydalanuvchi tanlaganda Google orqali kirish;
  • Brevo — tasdiqlash, parolni tiklash va boshqa tranzaksion xatlarni yetkazish;
  • Vercel — saytni joylashtirish, ishlashini ta’minlash va umumiy foydalanish tahlili.

Shaxsiy ma’lumotlarni reklama maqsadida sotmaymiz. Ma’lumotlar qonuniy talab mavjud bo‘lganda vakolatli organlarga yoki foydalanuvchining roziligi bilan ham taqdim etilishi mumkin.

7. Cookie, sessiya va xavfsizlik ma’lumotlari

Platforma foydalanuvchini tizimda tanish, sessiyani yangilash, parolni tiklash jarayonini himoya qilish va ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun zarur cookie fayllaridan foydalanadi. Ular reklama cookie’lari sifatida ishlatilmaydi.

Xavfsizlik va rate limit uchun IP manzil, so‘rov vaqti, brauzer yoki qurilma haqidagi cheklangan texnik ma’lumotlar qayta ishlanishi mumkin. Bu brute-force, spam va avtomatlashtirilgan zararli so‘rovlarni cheklashga yordam beradi.

8. Ma’lumotlarni saqlash va himoya qilish

Ma’lumotlar xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik, qonuniy majburiyatlar va nizolarni hal qilish uchun zarur muddat davomida saqlanadi. Kelishuv yakunlangan yoki bekor qilinganidan keyin chat xabarlari va chat orqali yuborilgan rasmlar 7 kun saqlanadi, so‘ng avtomatik o‘chiriladi. Faol yoki nizoli kelishuvlarga tegishli chatlar bu muddat bo‘yicha o‘chirilmaydi. Hisob o‘chirilmaguncha kelishuv, tranzaksiya va sharhlar tarixi platforma ishlashi uchun saqlanadi.

Ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun kirish nazorati, HTTPS, himoyalangan cookie, parollarni hash ko‘rinishida saqlash, bir martalik recovery havolalari va rate limit kabi texnik choralar qo‘llanadi.

9. Hisobni o‘chirish

Foydalanuvchi sozlamalar orqali hisobini o‘chirishi mumkin. Bunda profil, e’lonlar, yuklangan fayllar, foydalanuvchiga bog‘liq so‘rovlar, tranzaksiyalar, sharhlar va Supabase Auth hisobi o‘chiriladi. Xizmat provayderlarining yetkazib berish yoki xavfsizlik loglari ularning qonuniy va texnik saqlash muddatlari davomida qolishi mumkin.

10. Foydalanuvchining huquqlari

Foydalanuvchi profil ma’lumotlarini ko‘rishi va yangilashi, profil rasmini olib tashlashi, parolini o‘zgartirishi yoki hisobini o‘chirishi mumkin. Ma’lumotlar bo‘yicha savol yoki murojaatni aloqa sahifasi orqali yuborish mumkin.

11. Siyosatdagi o‘zgarishlar

Ushbu siyosat xizmat, texnik hamkorlar yoki qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiq yangilanishi mumkin. Amaldagi tahrir va oxirgi yangilanish sanasi doimo shu sahifada joylashtiriladi.